08:43 / 06.07.2015
3096

Xitoyda avtobus ko‘prikdan qulashi oqibatida koreyalik amaldorlar halok bo‘ldi

Xitoyning Tszyan shahrida Janubiy Koreyaning 26 nafar hukumat xodimi ketayotgan avtobus ko‘prikdan qulab tushdi.

Oqibatda 11 kishi, jumladan, xitoylik haydovchi halok bo‘ldi, deb xabar bermoqda Renxap axborot agentligi.

Xitoylik mas'ul xodimlar baxtsiz voqea sabablarini tergov qilmoqdalar.

Qayd etilishicha, janubiy koreyalik amaldorlar Xitoyga o‘qish maqsadida kelishgan.

Top