07:41 / 07.07.2015
2866

AQSh Gretsiyaning yevrohududda qolishini istamoqda

AQSh Gretsiyaning yevrohududda qolishini istovchilar tarafida. Bu haqda Oq uy matbuot kotibi Josh Ernest Reyter agentligiga ma'lum qilgan.

"Referendum bo‘lib o‘tdi, ammo bizning pozitsiyamiz o‘zgarmadi", deydi Ernest.

Uning qayd etishicha, AQSh Gretsiyadagi inqirozning hal qilinishi jarayoniga befarq qarab tura olmaydi.

Biroz oldinroq, Germaniya kansleri Angela Merkel va Fransiya prezidenti Fransua Olland Gretsiyadagi vaziyat bo‘yicha yangi takliflarni muhokama etish uchun yevrohudud mamlakatlari yetakchilarining favqulodda sammitini 7 iyul kuni chaqirishni talab qilgandi.

Eslatib o‘tamiz, 5 iyul kuni Gretsiyada bo‘lib o‘tgan referendumda aholining 60 foizdan ortig‘i qarzdorlikni tartibga solish bo‘yicha xalqaro kreditorlar tomonidan ilgari surilgan shartlarning mamlakat hukumati tomonidan qabul qilinishiga qarshi ovoz berdi

Top