16:38 / 07.07.2015
5161

Bo‘kalik o‘g‘ri mashina olib qochib, yarim yo‘lda uni tashlab ketdi

Bo‘kalik 40 yoshli Komil Olmaliq shahrida istiqomat qiluvchi Xoldoraliga tegishli qarovsiz qoldirilgan mashinani o‘g‘rilab ketdi. Bu haqda IIV matbuot xizmati ma'lumot berdi.
Jinoyatchi yo‘l chetida qoldirib ketilgan mashinani o‘g‘irlab ketgach, yarim yo‘lda jinoiy javobgarlikka tortilishi haqida o‘ylab qoldi va mashinani tashlab ketishga qaror qildi. Ammo bu payti mashina egasi militsiyaga murojaat qilib ulgurgan edi. O‘tkazilgan tezkor tadbir davomida avtomobil topilib, egasiga qaytarildi, jinoyatchi esa qo‘lga olindi.

Top