18:51 / 07.07.2015
15726

Coca-Cola Dubayda Ramazon oyi munosabati bilan o‘z ichimliklarini nomlarini ko‘rsatmagan holda ishlab chiqarmoqda

Coca-Cola tolerantlik va tenghuquqlik global harakatiga qo‘shilish maqsadida o‘zining mahsulotlarini nomlari ko‘rsatilmagan idishlarda ishlab chiqarmoqda.

Idishlar dizayni Ramazon oyi munosabati bilan Dubaydagi FP7/DXB agentligi tomonidan ishlab chiqildi.
Etiketkaning orqa tomonida “Brendlar idishlar uchun, odamlar uchun emas” deb yozib qo‘yilgan.

Idishlar etiketkalari dizayni Coca-Cola’ning “Keling, yana bir soniya olaylik” deb nomlangan global kampaniyasiga mos keladi. Kompaniya bu tadbirda dunyodagi barcha odamlarni o‘z atrofidagilarni yaxshiroq bilishga vaqt topishga va o‘zlarini noto‘g‘ri tushunchalardan xalos etishga undaydi.

Top