14:57 / 07.07.2015
3338

Iroq kuchlari al-Fallujani IShIDdan ozod qilishga kirishdi

Iroq armiyasi xalq ko‘ngillari kuchlari bilan hamkorlikda IShID terrorchi guruhidan al-Falluja shahrini ozod qilish bo‘yicha keng miqyosli harbiy amaliyotni boshladi. Bu haqda 7 iyul kuni Eron televideniyesi xabar qildi.
Aytilishicha, shaharning atrofi allaqachon nazorat ostiga olingan, shahar qamal holatida ushlab turilibdi. “Hizbulloh” shia tashkiloti vakili Ja'far Husayning ma'lum qilishicha, birlashgan kuchlar terrorchilarning ta'minot yo‘nalishlarini to‘sib qo‘ygan.
Shaharga yaqin nuqtalardan birida terrorchilar ikki avtomobilni portlatib yubordi, buning oqibatida 20 nafar shia ko‘ngillilari va harbiy xizmatchilar halok bo‘ldi.
Anbar viloyati Iroq hukumat qo‘shinlari bilan IShID jangarilari kuchlari to‘qnashayotgan asosiy hudud bo‘lib qolmoqda. Viloyatning ikki asosiy shahri – al-Falluja hamda viloyat ma'muriy markazi Ramadi jangarilar qo‘lida qolmoqda.

Top