19:26 / 07.07.2015
24748

Krishtianu Ronaldu futbol simulyatori muqovasida Messi ortida paydo bo‘ldi

Portugaliyalik hujumchi Krishtianu Ronaldu mashhur futbol simulyatorining muqovasida paydo bo‘ldi.

“Barselona” futbolchisi Lionel Messi beshinchi bor EA Sports tomonidan taqdim etiladigan o‘yinning yuziga aylanmoqda. Simulyatorning yangi FIFA 16 versiyasida argentinalik futbolchi bilan birgalikda Krishtianu Ronaldu ham bor. Biroq dizaynerlar portugaliyalik futbolchini orqa planda hamda xiralashtirilgan ko‘rinishda muqovaga joylashtirishdi.

Ma'lumot uchun, “Real Madrid” futbolchisi Krishtianu Ronaldu boshqa futbol simulyatori - Pro Evolution Soccer’ning 2008, 2012 va 2013 yillarda versiyasining yuziga aylangan edi. Ronaldu FIFA simulyatori muqovasida ilk bor paydo bo‘lmoqda.

 

Top