19:11 / 07.07.2015
2405

Namanganda nashafurushlar 15 gr marixuana bilan qo‘lga tushdi

Namangan viloyatida istiqomat qiluvchi Mirza J. va Temur S. huquq-tartibot xodimlari tomonidan jinoyat ustida, giyohvand moddalar savdosi chog‘ida qo‘lga tushishdi. Ularning yonidan chiqqan to‘rt gugur qutisidagi modda marixuana ekanligi aniqlandi.
“Na postu” gazetasining yozishicha, 36 yoshli Mirza o‘zi ham giyohvand moddalarga ruju qo‘ygan bo‘lib, zudlik bilan davolanishga muhtoj edi. Bir necha yil davomida u bilan sheriklik qilib kelgan Temur ham marixuanaga o‘rgangan, ammo hali giyohvand bo‘lib ulgurmagan edi.
Sud jinoyatchilarga tegishli jazoni belgilab berdi.

Top