17:44 / 07.07.2015
33924

Nazarboyev Ostona hokimiga shaharning bir bo‘lagini yedirdi

Qozog‘iston prezidenti Nursulton Nazarboyevning tug‘ilgan kuni hamda Ostona kuni munosabati bilan o‘tkazilgan tadbirda olingan videolavha internetga joylashtirildi.
Unda davlat rahbari Ostona hokimi Odilbek Jaqsibekovni shaharning Nurli yo‘l xiyoboni nusxasida ishlangan tortning bir bo‘lagi bilan mehmon qilgani qayd qilingan.
Taxmin qilinishicha, tortni Jaqsibekovning o‘zi sovg‘a tariqasida Nazarboyevning yubileyiga olib kelgan.
Videoda ko‘ringaniday, Nazarboyev shirinlikdan bir bo‘lak kesib olib, uni qoshiqchada hokimga yedirgan.
Bir necha soat ichida videoga 8 ming layk bosildi.

Top