15:37 / 07.07.2015
11483

Nazarboyevning qizi urush haqida kino olmoqda

Qozog‘iston prezidenti Nursulton Nazarboyevning qizi Aliya “Ona tomon yo‘l” filmining prodyuseri bo‘ldi. Film ocharchilik, Ikkinchi Jahon urushi va mahbuslikdan o‘tib, onasining oldiga intilgan qozoqning taqdiri haqida hikoya qiladi.
Kartina voqealari XX asrning 40 yillik tarixini o‘z ichiga oladi. Unda kollektivlashtirish, ulug‘ jut (ocharchilik), Ikkinchi Jahon urushi va urushdan keyingi yillar aks etgan.

Tarixiy voqealar bitta insonning – bosh qahramonning taqdiri orqali ochib beriladi. Bosh qahramon barcha sinovlardan o‘tib, Qozog‘istonga, onasining yoniga qaytadi.
Suratga olish ishlari shu yilning fevral oyida boshlandi. Jang sahnalari Belarusda suratga olindi; shuningdek, ijodiy guruh Ozarbayjonda ham bo‘ldi. Bunday keng miqyosli loyihani amalga oshirish uchun Rossiya, Belarus va Ozarbayjondan mutaxassislar taklif qilindi. Suratga olish ishlarida 200 kishi qatnashdi.
Film uchun ko‘p miqdorda maxsus effektlar, kompyuter grafikasi elementlari va harbiy sahnalar tayyorlandi. Suratga olish maydonida harbiy va tarixiy maslahatchilar ishladi. Kostyumlar, qurol-yarog‘ va bezaklar film uchun maxsus tayyorlandi.
Film taqdimoti Ostonada bo‘lib o‘tadi.

Top