13:13 / 07.07.2015
7423

Nodavlat ta'lim muassasalari faoliyatini internet orqali litsenziyalash imkoniyati tug‘ildi

Davlat interfaol xizmatlari yagona portalida yangi xizmat ochildi. Endilikda nodavlat ta'lim muassasalari faoliyatini litsenziyalash haqidagi murojaatni internet orqali yo‘llash mumkin bo‘ldi.

Barcha zaruriy hujjatlar Yagona portal orqali yuboriladi. Hujjatlar ko‘rib chiqilgach, javob ham shu tartibda jo‘natiladi.

Xizmat pullik bo‘lib, faqat yuridik shaxslarga ko‘rsatiladi.

Top