11:07 / 07.07.2015
2902

No‘'mon Hasanov «Paxtakor»ning vaqtinchalik bosh murabbiyiga aylandi

"Paxtakor" jamoasining murabbiylar shtabida mehnat qilib kelgan No‘'mon Hasanov 7 iyul kunidan boshlab "Paxtakor"ning vaqtinchalik bosh murabbiyi etib tayinlandi. Bu haqda jamoaning rasmiy saytida ma'lum qilingan.

Futbolchilik faoliyatida 4 karra O‘zbekiston chempioni va 2 marta O‘zbekiston Kubogi sohibiga aylangan Hasanov futbolchilik faoliyatini tamomlagach, murabbiy sifatida ishlay boshlagandi.

2012 yilda "Paxtakor"ning birinchi ligadagi jamoasiga bosh murabbiy etib tayinlangan Hasanov o‘sha yilning yozida yoshlar tarkibi ustozligini qo‘lga oldi va yakunda jamoani mamlakat chempioniga aylantirdi. Keyin esa asosiy tarkib murabbiylar shtabiga jalb etilib, o‘tgan yili chempionlik qo‘lga kiritilishida hissa qo‘shdi. Samvel Babayan milliy terma jamoa bosh murabbiyi sifatida ishga kirishgani bois endi No‘'mon Hasanov "Paxtakor"ni boshqaradigan bo‘ldi. Hozircha u bu lavozimda vaqtinchalik faoliyat yuritadi.

Top