13:46 / 07.07.2015
2069

O‘zbekiston TIVda yevropalik diplomatlar bilan uchrashuv o‘tkazildi

2015 yilning 6 iyul kuni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligida Yevropa Ittifoqi delegatsiyasi rahbari Yuriy Shterk, Fransiya Respublikasining favqulodda va muxtor elchisi Jak-Anri Els, Buyuk Britaniya va Shimoliy Irlandiya Birlashgan Qirolligining hamda Germaniya Federativ Respublikasining Muvaqqat ishlar vakillari Fiona Makston va Torsten Gyoler bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Suhbat chog‘ida ko‘p tomonlama hamkorlik masalalari yuzasidan fikr almashildi.

Top