10:26 / 07.07.2015
3246

Qozog‘iston Afrika va Yaqin Sharqdagi terrorchilikdan xavotirdaligini bildirdi

Qozog‘iston bir qator Afrika hamda Yaqin Sharq davlatlaridagi vaziyatning keskinlashuvi, terrorchi guruhlarning faollashuvidan chuqur tashvishda. Bu haqdagi bayonot respublika tashqi ishlar vazirligi tomonidan tarqatildi.

“Qozog‘iston Tunis, Quvayt, Misr va Nigeriya xalqlariga u yerda sodir bo‘lgan qo‘poruvchilik harakatlari munosabati bilan o‘z hamdardligini bildiradi”, – deyiladi bayonotda.
Qozog‘iston davlati terrorchilikning har qanday shaklini qattiq qoralashi va unga qarshi kurashni qo‘llab-quvvatlashi hujjatda ta'kidlab o‘tildi.

Top