17:51 / 07.07.2015
3741

Samarqandda avtomobil olib qochganlikda gumonlanuvchi shaxs hibsga olindi

Samarqand viloyati Paxtachi tumani IIB navbatchilik qismiga shu tumanda yashovchi fuqarodan “Damas” rusumli avtomobili noma'lum shaxs tomonidan olib qochib ketilgani haqida xabar kelib tushgan

Ichki ishlar organlari xodimlarining aniqlashlaricha, ariza muallifi o‘z avtomashinasini Gulshan mahallasida joylashgan savdo do‘koni oldida qarovsiz qoldirganligi oqibatida olib qochib ketilganligi ma'lum bo‘lgan.

Tezkorlik bilan olib borilgan chora-tadbirlar natijasida avtomashina texnik soz holda topildi. Jinoyatni sodir etishda gumonlanuvchi shaxs shu tumanda istiqomat qiluvchi 28 yoshli fuqaro bo‘lib chiqdi. Transport vositasi qonuniy egasiga topshirildi.

Mazkur holat bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Top