15:02 / 07.07.2015
2518

Samvel Babayan: Afsonaviy klubda men bilan birga ishlagan barchaga rahmat aytaman

O‘zbekiston milliy terma jamoasi bosh murabbiyiga aylangan Samvel Babayan lavozimini tark etish asnosida xayrlashuv so‘zlarini bildirdi.

"Uzoq yillar mobaynida klubda men bilan yonma-yon bo‘lgan barchaga minnatdorchilik bildiraman. Murabbiylar shtabi, futbolchilar va ma'muriyatga, "Paxtakor" nomi ostidagi katta oilaning har bir a'zosiga rahmat aytaman. Bu jamoa rostdan ham katta oiladir.

Bu yerda eng yaxshi yigitlar va jamoa yig‘ilganiga ishonaman. Ular menga murabbiylik g‘oyalarimni amalga oshirishga yordam berishdi. Jamoa nafaqat mamlakat chempionati va kubogini yutishi, balki xalqaro musobaqalarda ham o‘zini ko‘rsatishiga ishonaman. Yuqori darajadagi professional va haqiqiy vatanparvarlarni tarbiyalagan ota-onalarga rahmat aytaman. Men uchun eng yaxshi ishqibozlar sanalgan muxlislarga alohida minnatdorchilik bildirib qolaman", deydi Samvel Babayan.

Top