08:15 / 07.07.2015
2525

Uralda rus tilidan imtihon oluvchilarga pora bermoqchi bo‘lgan xitoylik 19 mln rubllik jarimaga tortildi

Sverdlovsk viloyatida Xitoydan kelgan mehnat muhojiri rus tilidan imtihon oluvchilarni pora evaziga sotib olmoqchi bo‘lgani uchun 19,3 mln rubllik jarima bilan jazolanadi. Bu haqda TASS nashrida yozilgan.

Ma'lum bo‘lishicha, Chu De Sen ismli xitoylik ishchi rus tili bo‘yicha imtihondan o‘tganlik uchun beriladigan sertifikatlardan 20 donasi uchun 322 ming rubl miqdorida pora taklif qilgan. U o‘zi va boshqa sheriklari uchun shunday sertifikatlarni qo‘lga kiritish evaziga Rossiyada mehnat qilish huquqiga ega bo‘lishni istagan.

"Jinoyatchi pul solingan konvertni imtihon oluvchining stoli ustiga qo‘ygan. Mas'ul shaxs bu porani rad etgan va Rossiya FMX xodimlariga bu haqda xabar bergach, xitoylik hibsga olindi", deyiladi viloyat prokuraturasi ma'lumotnomasida.

Chu De Sen o‘z aybini tan olgan va o‘zi taklif etgan poradan 60 baravar miqdordagi jarima jazosiga mahkum etilgan.

Top