21:32 / 07.07.2015
7456

USell Farg‘ona va Farg‘ona viloyati aholisi uchun maxsus tarif joriy qildi

Keng qamrovli, yuqori  sifatli aloqani ta'minlash va 8.5 milliondan ortiq abonentlarga ko‘ngildagidek xizamat ko‘rsatish USell kompaniyasining nafaqat poytaxtimiz, balki butun o‘zbekiston bo‘ylab olib borayotgan faoliyatining ustivor maqsadidir. O‘zbekistonning aholi zich joylashgan  hududlari, olis va tog‘li mintaqalari va chekka joylarida sifatli mobil aloqani ta'minlash masalasi Kompaniyaning alohida e'tibor markazida turadi. Aynan shu boisdan mijozning individual ehtiyojlari Ucell kompaniyasining ustivor maqsadlaridan biri hisoblanadi.  O‘z mijozlari  fikrini inobatga olgan holda,  Kompaniya  mamlakatimiz hududlari aholisining shaxsiy ehtiyoj va xarid qobiliyati darajasini muntazam  kuzatib boradi. 

USell kompaniyasi, abonentlar ehtiyojlarini o‘rganib, Farg‘ona va Farg‘ona viloyati  aholisi uchun maxsus, noyob “Uy hududi”   tarifini taklif qiladi. Unga ulangach, abonentlar tarmoq ichida chegirma bilan, ya'ni bir daqiqaga $0.005  va O‘zbekiston bo‘ylab mintaqa ichidagi qo‘ng‘iroqlar uchun bor-yo‘g‘i daqiqasiga $0.015  evaziga gaplashishlari mumkin. Agar abonent   "Uy hududi"  tarifiga o‘tmoqchi bo‘lsa,  *717# qisqa nomeriga so‘rov yuborilsa, kifoya.  Tarif Farg‘ona viloyati oldindan to‘lov asosidagi xizmat ko‘rsatish tizimining yangi va mavjud abonentlari uchun  juda maqbuldir. Yangi tarifning asosiy afzalliklari oddiylik va tejamkorlikdan iborat. 

Bugungi kunda Farg‘ona vodiysida 2 ta xizmat ko‘rsatish ofisi faoliyat yuritib, ulardan biri joriy yilning fevral oyida ochildi.  «UCell-Farg‘ona» va  «UCell-Qo‘qon» ofislarida abonentlar uchun keng turdagi xizmatlar taklif qilinib, bu yerda tarmoqqa ulanish, aloqa hizmatlariga to‘lovlarni amalga oshirish, qo‘shimcha xizmat va optsiyalarni tanlash, maslahatlar olish, mobil Internetdan foydalanish uchun modem xarid qilish va ko‘plab boshqa ishlarni amalga oshirish mumkin.  Shuningdek Farg‘onada UCell kompaniyasining 114 ta diler va 10 ta mobil dilerlari ishlab turibdi.

Aloqa va Internetdan foydalanish imkoniyatini barcha abonentlar uchun ta'minlashga intilgan kompaniya  narx va sifat mutanosibligiga erishishga  harakat qilgan holda yangi tariflarni ishlab chiqmoqda.  Endilikda Farg‘ona  aholisi uchun ham bu yo‘nalishda navbatdagi qadam qo‘yildi. 

15 ta tumandan iborat ushbu hudud O‘zbekistonning aholi eng zich joylashgan qismi hisoblanib,  unda UCell kompaniyasining 40 mingdan  ortiq abonentlari ro‘yxatga olingan. 

Top