16:40 / 07.07.2015
4068

Xyu Jyekmanning rafiqasi unga Anjyelina Joli bilan birga suratga tushishga ruxsat bermagani haqida aytib berdi

Aktrisa Debora-Li Ferness Avstraliyaning Today teleshousida eri, taniqli aktyor Xyu Jyekmanga Anjyelina Joli bilan suratga tushishni taqiqlagani haqida aytib berdi.
“Men uning agentiga shunday dedim – unga Anjyelina bilan ishlash mumkin emas. Uning yaxshiligiga ishonchim komil – biz ham yana bir-ikkita bolani boqib olishni istaymiz”, – dedi Ferness xonim. Bu payti uning yonida Jyekmanning o‘zi ham bor edi.
Shundan so‘ng Ferness xonim hazillashganini ta'kidlab o‘tdi: “Hamma narsani to‘g‘ri qabul qilish kerak. Agar yoningda to‘g‘ri inson bo‘lsa, bu qiyinchilik va tahdidlarni yengib o‘tasan”.
Jyekmanning o‘zi rafiqasi bilan ikki haftadan ortiq ayriliqqa chiday olmasligini ta'kidlab o‘tdi.
“Men ham xohlamayman. U juda yaxshi hazillashadi”, – uning so‘zlariga qo‘shimcha qildi rafiqasi.
59 yoshli Ferness xonim va 46 yoshli Jyekman 20 yildan buyon birga yashab kelmoqda. Ular Ava va Oskar ismli bolalarni boqib olgan.

Top