15:18 / 08.07.2015
14396

12-19 iyul kunlari O‘zbekistonda havo harorati keskin isishi kutilmoqda

12-19 iyul kunlari O‘zbekistonda bir necha yillik tarixda bo‘lganidan nisbatan 4-5 daraja issiqroq havo harorati kuzatiladi. Bu haqda O‘zgidromet axborot xizmat xabar tarqatmoqda.

Kunduz kunlari havoning harorati 39-42 daraja issiq ko‘rsatkichgacha yetadi. Janubiy va cho‘l mintaqalarida bu ko‘rsatkich 44 darajagacha ko‘tariladi.

12-19 iyul kunlari havo haroratining oshishi munosabati bilan Farg‘ona vodiysining janubida glyatsial sellar kuzatilishi mumkin.

Top