02:20 / 08.07.2015
2998

AQSh va Buyuk Britaniya maxsus xizmatlari kiber hujumlar bilan kurashishga mo‘ljallangan mashg‘ulotlarda ishtirok etishdi

Pentagon, AQShning Milliy xavfsizlik agentligi, Ichki ishlar vazirligi va boshqa masxsus xizmatlari hamda Buyuk Britaniya maxsus agentliklari uch haftalik kibermashg‘ulotlar o‘tkazdilar, deb xabar bermoqda The Wall Street Journal nashri.

Mashg‘ulotlar Cyber Guard (Kiber himoyachi) deb nom oldi. Bunday tadbirlar turli xizmtalarning xakerlarning kiberhujumlariga qarshi tayyorliklarini tekshirish maqsadida o‘tkaziladi. Bu gal ushbu mashg‘ulotlarda maxsus xizmatlardan tashqari, bank, energetika va boshqa sohalar vakillari ham ishtirok etishdi. Turli agentliklar oldini olishi kerak bo‘lgan hujumlar murakkablik darajasi bo‘yicha farqlandi va hujumlar bankda shaxsiy mablag‘larni muzlatib qo‘yish, maxsus xizmatlar materiallariga kira olish, neft va gaz quvurlarida nosozliklar keltirib chiqarishga qaratildi.

Mashg‘ulotlar 3 hafta davom etdi, ularda ikkala davlatdan 14 ta jamoa qatnashdi.

Top