15:12 / 08.07.2015
3661

YeI Markaziy Osiyo davlatlari bilan yangi ekodasturlarni muhokama qilmoqda

Yevropa Ittifoqi Markaziy Osiyo davlatlariga ekodasturlar bo‘yicha yordam berishni kuchaytiradi. Bu haqda tashqilotning O‘zbekistondagi vakolatxonasi rahbari Yuriy Shterk ma'lum qildi.

“Markaziy Osiyo global ekologik muammolar bilan to‘qnash kelayotgan mintaqadir. Bizning bugungi uchrashuvimiz mintaqa mamlakatlari vakillari bilan yangi mintaqaviy ekologik dastur tayyorlash borasida muzokaralar olib borish bilan bog‘liqdir”, – dedi u atrof muhit va iqlim o‘zgarishi boshqarmasining “YeI-Markazi Osiyo” ishchi guruhi faoliyatining Toshkentdagi ochilish marosimida.

EURECA 2 dasturi 2015 yil oktabrida Milanda bo‘lib o‘tadigan YeI va Markaziy Osiyo davlatlari vakillari o‘rtasida o‘tkaziladigan uchrashuvda qabul qilinishi rejalashtirilmoqda.
EURECA 1 dasturi 2012-2015 yillarga mo‘ljallangan edi.

Top