17:45 / 08.07.2015
2397

O‘tgan hafta mobaynida O‘zbekiston hududida 427ta yong‘in sodir bo‘ldi

O‘tgan hafta mobaynida O‘zbekiston hududida 427ta yong‘in sodir bo‘lganligi qayd etilgan.

Turli sabablarga ko‘ra sodir bo‘lgan yong‘inlarda 6 nafar fuqarolar tan jarohatlari olishgan. Ushbu yong‘inlarda 2 mlrd. 312 mln. 757 ming so‘mdan ortiq qurilish materiallari va 1 mlrd. 700 mln. 198 ming so‘mga yaqin moddiy boyliklar yong‘indan saqlab qolingan. 

Toshkent shahar Shayxontohur tumanida yashovchi Sh.Raxmatullayevning uyida elektr simlarining qisqa tutashuvi natijasida yong‘in sodir bo‘ldi. Natijada uyning 85 kv. metr maydonda hamda qo‘shnisining uyini 15 kv. metr maydonda tom qismlari yonib zararlangan. 

Farg‘ona viloyati Furqat tumanida yashovchi X.Malikovning uyida elektr simlarining qisqa tutashuvi natijasida yong‘in chiqqan. Natijada uyning 100 kv. metr maydonda tomi, shift qismi va uy jihozlari yonib zararlangan. 

Ushbu holatlar beparvolik va e'tiborsizlik tufayli sodir bo‘lmoqda. Bunday holatlarga yo‘l qo‘ymaslik uchun yong‘in xavfsizligi talablarini yoddan chiqarmaslik so‘raladi.

Top