13:03 / 08.07.2015
5111

O‘zbekiston va Turkmaniston aloqalari rivojlanib bormoqda

Turkmanistonlik jurnalistlar Jumaquli Annayevning ta'kidlashicha, O‘zbekiston va Turkmaniston aloqalari rivojlanib bormoqda. 2000-2009 yillarda biroz sovugan o‘zaro aloqalar sekin-asta tiklanib bormoqda.
Iyun oyida O‘zbekiston prezidenti Islom Karimov Turkmaniston tashqi ishlar vaziri Rashid Meredovni Toshkentga taklif qildi. Muzokaralar chog‘ida tomonlar o‘zaro aloqalarni rivojlantirish bo‘yicha muayyan kelishuvlarga erishdi.
Mamlakatlar 1993 yildan buyon diplomatik aloqalarga ega. Iqtisodiy va madaniy sohadagi hamkorlik 2007 yildan buyon rivojlanib kelmoqda.
“Oltin asr” telekanalida ma'lum qilishicha, 2014 yili ikki davlat o‘rtasidagi savdo aylanmasi 410 mln dollarni tashkil qilgan. 2006 yili bu ko‘rsatkich 47 mln dollarga teng edi. Turkmaniston neft va neft mahsulotlari, O‘zbekiston esa qishloq xo‘jaligi texnikasi, qurilish materiallari va boshqa sanoat mahsulotlarini yetkazib bera oladi.
Shuningdek, O‘zbekiston, Turkmaniston va Ummonni bog‘laydigan transport yo‘lkasini yaratish ko‘zda tutilmoqda. O‘zbekistonlik iqtisodchi Solijon Kamolovning fikricha, bu yo‘lning ochilishi hamma tomonlarga katta foyda keltiradi.

Top