04:02 / 08.07.2015
2720

PayPal to‘lov tizimi eBay dan ajralishidan oldin 44 mlrd dollarga baholandi

PayPal to‘lov tizimi eBay onlayn-auksionidan ajralishidan oldin 44 mlrd dollarga baholandi, deb yozmoqda Financial Times nashri. 6 iyulda to‘lov tizimining aksiyalari Nasdaq birjasida “emissiyani kutish” holatida paydo bo‘ldi, narx o‘ynashidan keyin aksiyalarning bir donasi narxi 36,40 dollar ko‘rsatkichni qayd etdi.

Bunday narxda PayPal tizimi eBay ning bozordagi kapitallashuvining (75 mlrd dollar) 60 foizini tashkil qiladi. Kompaniyalar rasman ajratilgandan keyin har bir aksioner eBay ning bitta aksiyasiga PayPal ning bitta aksiyasini oladi.

Kompaniyalar ajralgunga qadar eBay aksiyalari ikki variantda – kompaniyalar qayta tashkil etilgandan keyin PayPal ga aksiyasiga egalik qilish va egalik qilmaslik huquqi bilan sotiladi.

eBay rahbariyati PayPal ni alohida kompaniyaga ajratish haqidagi qarorni 2014 yilning o‘rtalarida qabul qilgan edi. eBay da ajralish ikkila kompaniyaning ham daromadini ko‘paytirishga yordam berishi taxmin qilinmoqda.

Top