23:04 / 08.07.2015
5337

Putin va Rahmon Tojikistonning Afg‘oniston bilan chegaralarini mustahkamlash choralarini muhokama qilishdi

Rossiya prezidenti Vladimir Putin o‘zining tojikistonlik hamkasbi Emomali Rahmon bilan tojik-afg‘on chegarasidagi vaziyatning keskinlashganini muhokama qilishdi. Bu haqda RIA “Novosti” xabar bermoqda.

“Tojik-afg‘on chegarasidagi vaziyatning keskinlashgani bo‘yicha xavotirlanish bildirildi. Ikki davlat o‘rtasidagi chegarani mustahkamlash choralari muhokama qilindi”, deb xabar bermoqda Rossiya prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov.

Avvalroq Afg‘oniston harbiylari Tojikiston bilan chegaradosh Badahshon viloyatida 120 jangarini yo‘q qilgan edi. Hudud ikki hafta davomida “Tolibon” harakati jangarilari tomonidan ushlab turilgan edi.

Top