11:28 / 08.07.2015
10705

Saudiya Arabistonida dunyodagi eng uzun iftor dasturxoni yozildi

Saudiya Arabistonida qayd qilingan natija Ginness rekordlar kitobiga kiritildi. Mahalliy matbuotda xabar qilinishicha, mamlakatda 1 508 m li iftor dasturxoni yozilgan.
Jiddadagi G‘arbiy portda viloyat amiri, qirollik oilasi a'zosi shahzoda Mashal bin Majid bin Abdulaziz tomonidan tashkil qilingan iftorlik dasturxonidagi ne'matlardan 4 ming kishi bahramand bo‘ldi.
Sabq gazetasining ma'lum qilishicha, tadbirda ishtirok etgan Ginness ekspertlari rekordni rasmiylashtirishgan.

Top