17:11 / 08.07.2015
3570

Shimoliy Koreya birinchi marta sayyohlar uchun mamlakat bo‘ylab poyezdda sayohat qilish imkoniyatini yaratadi

Shimoliy Koreya birinchi marta xorijlik sayyohlar uchun mamlakat bo‘ylab poyezdda sayohat qilish imkoniyatini yaratadi, deya xabar bermoqda Yonhap Pekinning Koryo Tours sayohat kompaniyasi ma'lumotlariga tayanib.

Mazkur kompaniya bir yil davomida 2,5 ming g‘arblik sarguzasht ixlosmandlarini Shimoliy Koreya bo‘ylab sayohatga olib chiqadi. Koryo Tours bergan ma'lumotga ko‘ra, 11-temiryo‘l sayohati joriy yilning 2 oktabr kuni boshlanadi.

Temiryo‘l sayohati ishtirokchilari Pxenyanga uchib kelishadi va shundan so‘ng mamlakat shimoliy-sharqidagi Chxonjin port shahriga yo‘l olishadi. Turistlar shuningdek Sinpxo va Kimchxek shaharlariga ham tashrif buyurishadi.

Poyezd bo‘ylab sayohat qilish narxi qariyb 2,9 ming yevroni tashkil qiladi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq, Shimoliy Koreya mamlakatning eng yuqori nuqtalaridan birida sayyohlik markazi barpo etishi haqida xabarlar tarqatilgandi.

Top