14:47 / 08.07.2015
28245

Sun gazetasi O‘zbekiston suv osti kemalari haqida yolg‘on axborot berdi

Britaniyaning Sun nashri O‘zbekistonda oxirgi modeldagi submarina namoyishi bo‘lib o‘tgani haqida yolg‘on ma'lumot berdi.
“O‘tgan hafta yangi avlod “Piranya” submarinasi O‘zbekistondagi harbiy texnika ko‘rgazmasida namoyish etildi. Unga Putin ham keldi”, – deb yozadi gazeta.
Gazeta suv osti kemalari O‘zbekistonga qanday yetib kelgani haqida hech qanday ma'lumot bermadi. Bundan tashqari, O‘zbekistonda oxirgi yillarda harbiy texnika ko‘rgazmalari o‘tkazilmagani, Rossiya prezidenti esa oxirgi marta Toshkentda 2014 yil dekabrida bo‘lgan.

Top