14:03 / 08.07.2015
4833

Surxondaryoda 31 mln so‘mlik ventilyatorlarni noqonuniy sotmoqchi bo‘lgan qallob qo‘lga olindi

Surxondaryo viloyatida 31 mln so‘mdan ortiq bahoga ega ventilyatorlarni noqonuniy realizatsiya qilmoqchi bo‘lgan tadbirkorlar qo‘lga olindi. Bu haqda “Huquq” gazetasi yozmoqda.
Boysun tumanidagi Darbant YPX maskanida o‘tkazilgan tadbirda Buxoro-Denov yo‘nalishida harakatlanib kelayotgan ZIL rusumli yuk avtomobili tekshirib to‘xtatilganda, yakka tartibdagi tadbirkorlar U. Xoliqov va A. Nursaitovlar rasmiy hujjatlarga ega bo‘lmagan, chet elda ishlab chiqarilgan 31.2 mln so‘mlik ventilyatorlarni noqonuniy ravishda sotish uchun olib ketayotgani aniqlandi.
Holat bo‘yicha jinoiy ish qo‘zg‘atildi. Ashyoviy dalil sifatida olib qo‘yilgan ventilyatorlar davlat foydasiga o‘tkazildi.

Top