15:57 / 08.07.2015
3225

Tinder ilovasi foydalanuvchilarning pulsi yordamida layk qo‘yish imkoniyati yaratildi

T3 kompaniyasi Apple Watch va Android Wear aqlli soatlari uchun foydalanuvchining yurak urish pulsidan kelib chiqib maxsus layk (qoniqarli) va dizlayk (qoniqarsiz) qo‘yuvchi texnoxologiyani yaratdi. Bu haqda kompaniya rasmiy saytida xabar tarqatilgan.

Mazkur ilova dastur Hands-Free Tinder deb nomlangan bo‘lib barcha Apple Watch va Android Wear aqlli soatlaridan foydalanuvchilar uchun amalda bo‘ladi. Ilova odam tasvirini kuzatgan holda uning pulsini tahlil qiladi va uning natijasida layk yoki dizlayk belgisini qo‘yadi. Agar layk belgisi chiqadigan bo‘lsa, bunda o‘sha organizmdagi yurak faoliyati yaxshi ishlayotganidan darak beradi. Agar dizlayk belgisi qo‘yilsa, buning aksini ko‘rsatadi.

Mazkur ilova dastur tez orada App Store va Google Play ilovalar savatchasiga joylashtirilishi va'da qilinmoqda. TNW portali mutaxassislari uning barcha uchun ochiq bo‘lishi sabab dasturning nomini o‘zgartirish kerakligini ta'kidlashgan.

Top