14:29 / 08.07.2015
10594

Tojikistonlik siyosatshunos O‘zbekistonning KXShTdan chiqish qarorini qo‘llab-quvvatladi

Tojikistonlik jurnalist va siyosatshunos Nurali Davlat O‘zbekistonning Kollektiv xavfsizlik shartnomasi tashkilotiga a'zoligini to‘xtatib turish to‘g‘risidagi qarorini qo‘llab-quvvatladi.
“Tajribali va uzoq ko‘ra oladigan siyosatchi, O‘zbekiston prezidenti Islom Karimov KXShTni tark etishga qaror qilgani bejiz emas, u o‘z davlatining tashkilot tarkibida bo‘lishi foydasizligini hammadan ko‘ra yaxshiroq tushundi”, – uning so‘zlarini keltiradi Asia Plus nashri.
U tashkilot Tojikistonda avj olgan fuqarolik urushini, 1999 yili jangarilarning Qirg‘izistonga kirib kelishi hamda 2010 yili O‘shdagi qirg‘inni to‘xtatish uchun hech narsa qilmaganini eslab o‘tdi.

Top