16:49 / 09.07.2015
1846

Bulung‘urlik soxta aroq sotuvchisi qamaldi

Bulung‘urlik Sherzod Ergashev soxta aroq ishlab chiqargani uchun qo‘lga olindi. Bu haqda “Huquq” gazetasi xabar bermoqda.
Ergashev ilgari ham qalbaki aksiz markalarini o‘tkazishda ayblanib qamalgan edi. Ammo amnistiya tufayli ozodlikka chiqarilgan edi.
Oradan bir necha yil o‘tib, Ergashev uyida soxta aroq ishlab chiqarishni rejalashtirdi. U eski tanishlarining biridan 350ta qalbaki aksiz markasi sotib olib, uyiga qaytayotganida militsiya xodimlari tomonidan qo‘lga olindi.

Top