14:10 / 09.07.2015
2403

Chilonzorda yolg‘iz keksalarning uyi ta'mirlab berilmoqda

“Mahalla” xayriya jamoat fondi Chilonzor tuman bo‘limi ma'lumotiga ko‘ra, tumandagi mahalla fuqarolar yig‘inlari va homiylar yordamida keksalar uylarini ta'mirlab berilmoqda. Bu haqda “Jamiyat” gazetasi yozmoqda.
Xususan, Do‘mbrobod, 2- va 3-Charx Kamolon, Sharaf, Tinchlik mahallalarida yolg‘iz yoki qarovchisiz qolgan qariyalarning uylari ta'mirlab berildi.
Ma'lum qilinishicha, joriy yilning o‘tgan davri mobaynida Toshkentda istiqomat qiluvchi 938 nafar keksa tibbiy ko‘rikdan o‘tkazildi, 632 nuroniy sihatgohlarga sog‘lig‘ini tiklashga yuborildi.

Top