07:46 / 09.07.2015
6199

Dmitriy Shepelyov Janna Friskening tug‘ilgan kunida uning qabriga keldi

Uch hafta oldin, 15 iyunda uzoq davom etgan kasallik tufayli hayotdan ko‘z yumgan rossiyalik xonanda Janna Friskening 8 iyuldagi tug‘ilgan kunida uning qabrini eng yaqin kishilari: onasi, singlisi, dugonalari va muxlislari ziyorat qilishdi.

Ularning ketidan qabristonga uning mahbubi 32 yoshli Dmitriy Shepelyov ham keldi. Teleboshlovchi qo‘lida oq gullardan tashkil topgan guldastani ko‘targancha Friskening qabri yonida jim turdi. Shepelyov foniy dunyoni tark etgan sevgilisi bilan “unsiz” so‘zlashib, uning qabriga guldastani qo‘ydi va uning muxlislariga minnatdorchilik bildirdi.

Dmitriy Shepelyov Friskening o‘limidan bir yil avval unga turmushga chiqish taklifini bildirgan edi. Xonanda teleboshlovchining rafiqasi bo‘lishga rozi bo‘lgan, biroq baxtga qarshi ularga bu nasib qilmadi.

Top