17:54 / 09.07.2015
4110

IBM avvalgi chiplardan tubdan farq qiluvchi yangi kompyuter chipi yaratdi

IBM kompaniyasi hozirda mavjud bo‘lgan seriyali tarzda ishlab chiqariluvchi eng kuchli chiplardan 4 marotaba kuchliroq ultrayupqa mikrochip yaratdi. Bu haqda The New York Times nashri xabar bermoqda.

Kompaniya hozirda 14-nanometrli texnologiya asosida yaratilgan protsessorlar sotilayotgan va 10-nanometrli chiplar endi bozorga kirib kelayotgan bir paytda 7-namometrli chiplar prototiplarini sinovdan o‘tkazmoqda.

IBM da bu yangi chipda unumdorlikni ko‘paytirishga va o‘lchamlarni kichraytirishga ishlab chiqarish jarayonida faqatgina kremniy emas, balki kremniy-germaniyli qotishmadan foydalanish hisobiga erishilgani ta'kidlanmoqda. Yangi material tranzistorlar ishlashi tezligiga yaxshi ta'sir ko‘rsatdi va elektr iste'molini ancha miqdorda kamaytiradi.

Yangi texnologiya bitta chipda 20 mlrd gacha tranzistor joylashtirish imkonini beradi, bu sotuvda bo‘lgan eng zamoniy protsessorlardagidan 4 marotaba ko‘proqni tashkil qiladi. Ayni paytda yangi chip ommaviy tarzda ishlab chiqarilishidan ancha yiroq. Biroq IBM mutaxassislari laboratoriya sinovlarida chip bilan favqulodda murakkab muammolarga duch kelmayotganlarini ma'lum qilmoqdalar.

Kompaniya bu yangi ishlanmasi bilan Mur qonunini yana bir bor tasdiqladi, bu qonunga binoan mikrochiplarda tranzistorlar soni har yiliga ikki barobar ko‘payib borishi kerak. Qiziqarlisi, IBM bu yangi ixtirosini Mur qonuni amal qilmay qo‘ygani haqida ko‘plab maqolalar chop etilgandan keyin e'lon qildi.

Top