20:00 / 09.07.2015
20408

"IShID"ning Afg‘onistondagi bo‘limi rahbari dron hujumi natijasida o‘ldirildi

Afg‘onistonda joylashgan "IShID" tasarrufidagi guruh rahbari bo‘lgan Shahidulloh Shahid Nangarxar viloyati hududida dron hujumiga uchrab, halok bo‘lgan. Bu haqda Reyter nashri xabar qilmoqda.

Ma'lum qilinishicha, bu hujum vaqtida uning yonidagi o‘rinbosari Gul Zamon hamda yana 3 nafar jangari o‘ldirilgan.

Afg‘oniston Milliy xavfsizlik boshqarmasi vakilining ma'lum qilishicha, bu guruh Afg‘onistonda tartibsizlik boshlashni rejalashtirgan, o‘z maqsadini Nangarxar viloyati hududidagi harakatlar orqali boshlamoqchi bo‘lgan.

Shu yilning fevral oyida guruhning oldingi rahbari, 10 yildan buyon Afg‘onistondagi jihodchilik harakatini boshqarib kelgan Mulla Abdul Rauf ham dron hujumi orqali yo‘q qilingandi.

Top