10:34 / 09.07.2015
9676

Litsey va kollejlar bitiruvchilarining darajasini tekshirish tartibiga o‘zgartishlar kiritildi

Vazirlar Mahkamasi qoshidagi Davlat test markazi, Xalq ta'limi vazirligi va o‘rta maxsus kasb-hunar ta'limi markazining 2015 yil 30 iyundagi qo‘shma qarori bilan 11-sinflar, akademik litseylar va kasb-hunar kollejlari bitiruvchilarining ta'lim tayyorgarligi sifatini monitoringini o‘tkazish tartibiga o‘zgartishlar kiritildi.

9-sinf bitiruvchilarning bari akademik litsey va kasb-hunar kollejlarida ta'lim ola boshlagani munosabati bilan qoidalardan 11-sinf bitiruvchilariga tegishli tartiblar olib tashlandi.
Bundan tashqari, akademik litsey va kasb-hunar kollejlarida monitoring har yilning may-iyun oylarida o‘tkazilishi belgilab qo‘yildi. Ilgari bu ish 15 apreldan 25 maygacha bo‘lgan davrda amalga oshirilar edi.

Yangi tartibga ko‘ra, monitoring guruhi o‘zlashtirishning o‘rta ko‘rsatkichiga ega bitta bitiruvchi guruhni tanlab, ularni testdan o‘tkazadi. Test 9:00da, ikkinchi navbatlar uchun 14:00da boshlanadi. Matematika, fizika, biologiya, kimyo, informatika, geografiya fanlari bo‘yicha bitta savolga 3 daqiqa, boshqa fanlarda esa 2 daqiqa vaqt beriladi. Ilgarigi tartibga ko‘ra, barcha yo‘nalishlardagi imtihonlarga 2 akademik soat berilardi.
Shuningdek, nazorat ishi yakunlanganiga qadar hech kim auditoriyadan chiqarilmasligi haqidagi me'yor olib tashlandi.

Top