12:58 / 09.07.2015
5718

MAGATE Toshkentda yig‘ilish o‘tkazmoqda

Toshkentda Xalqaro atom energiyasi agentligining (MAGATE) O‘zbekiston Fanlar Akademiyasi Yadro fizikasi instituti bilan hamkorlikda tashkil qilgan “MDH davlatlari tadqiqot reaktorlari hamkorligi” mavzuidagi 4-Xalqaro kengashi o‘tkazilmoqda. Bu haqda “Pravda Vostoka” gazetasi xabar bermoqda.

Tadbir ishtirokchilari mintaqaning ushbu yo‘nalishdagi eng yirik ilmiy muassasi bo‘lgan yadroviy fizika institutining olib borayotgan ishlanmalariga yuqori baho berishdi.
Institut xodimlari, o‘z navbatida, MAGATE ko‘magida oxirgi yillarda reaktorda radiatsion xavfsizlik tizimining almashtirilganini, boshqarish, himoya va elektr ta'minoti komplekslarining modernizatsiya qilinganini ta'kidlab o‘tishdi. Ayni paytda ventilatsiya va sovutish tizimlarini yangilash loyihalari amalga oshirilmoqda. Loyihalarning umumiy qiymati 3 mln dollarni tashkil qiladi.

Top