08:27 / 09.07.2015
2751

Microsoft ommaviy tarzda ish o‘rinlarini qisqartirmoqchi

Microsoft kompaniyasi 18 ming nafar ishdan bo‘shatilgan xodimlariga qo‘shimcha tarzda yanada ko‘proq xodimlarni ishdan bo‘shatishni rejalashtirmoqda, deb xabar bermoqda Reuters axborot agentligi.

2014 yilning iyul oyida korporatsiya xodimlari sonini qisqartirishini e'lon qilgan edi va shu yilning iyun oyi oxiriga qadar 14 foiz xodimlarini ishdan bo‘shatib yubordi. Qisqartilishi kerak bo‘lgan aniq xodimlar soni ma'lum qilinmayapti, biroq qisqartirishlar asosan Microsoft`ning Nokia`dan sotib olgan apparat vositalar ishlab chiqish va smartfonlar ishlab chiqarish bilan shug‘ullanuvchi bo‘limiga tegishli bo‘ladi.

Microsoft o‘tgan oyning o‘rtalarida Nokia`ning sobiq rahbari Stiven Elopni ishdan bo‘shatgan edi. Korporatsiyani Mark Penn, Erik Radden va Kirill Tatarinov kabi ko‘pgina muhim shaxslar ham tark etdi.

Top