01:28 / 10.07.2015
5761

Apple Watch soati teri yallig‘lanishini keltirib chiqarishi mumkin

Foydalanuvchilar tvitterda ularning fikricha Apple Watch soatlarini taqib yurish oqibatida paydo bo‘lgan teri yallig‘lanishlari va toshmalar fotosuratlarini joylashtirmoqdalar.

Apple ning saytida kam sondagi odamlarda “aqlli” soatlarda ishlatilgan ba'zi materiallarga nisbatan turli teri reaksiyalari paydo bo‘lishi haqida ogohlantirish bor. Xususan, Apple Watch remeshoklarida qichishish chaqirishi mumkin bo‘lgan nikel ishlatilgan.

Taxminlarning biriga ko‘ra, qurilmaning orqa tomonidagi sensor qizib ketganda kuyishga olib kelishi mumkin, biroq mutaxassislarning fikricha, bunday muammolar oddiy soatlarni taqib yurganda ham uchraydi. Apple ning o‘zi foydalanuvchilarning bu shikoyatlariga hech qanday izoh bermadi.

Top