14:37 / 10.07.2015
2421

"Yevroseti" asoschisi Yevgeniy Chichvarkin "Ukrnafty"ni boshqarishi mumkin

"Yevroseti" asoschisi Yevgeniy Chichvarkin "Ukrnafty" boshqaruvi uchun Buyuk Britaniyadan Ukrainaga kelishi mumkin. Ukrain kompaniyasining aksionerlari yig‘ilishida shunday qaror qabul qilingani haqida "RBK-Ukraina" nashri ishonchli manbasiga asoslangan holda xabar berdi.

Iyun oyida "Naftogaz" "Ukrnafty" boshqaruvi uchun tanlov e'lon qilgandi. Tanlov oxirida bu o‘rin uchun asosan ikki nomzod raqobat qilishi ma'lum bo‘lgan.

10 iyul kuni ulardan birini tanlashi kerak edi. 22 iyul kuni o‘tkaziladigan yig‘ilishda esa, aksiyadorlar yangi rahbar nomini tasdiqlashadi.

Top