18:05 / 10.07.2015
24089

Islom Karimov: Islomga qarshi kurashish – bu nonsens

ShHTning Ufa sammiti chog‘ida 10 iyul kuni O‘zbekiston prezidenti o‘z chiqishida Afg‘onistondagi beqarorlikning boshqa mintaqalarga ko‘chishi va ekstremistik faoliyatning kengayishi mumkinligini aytib o‘tdi.
Uning so‘zlariga qaraganda, Afg‘onistonda hosil bo‘lgan vakuum qisqa muddatda turli radikal kuchlar bilan to‘lishi va “Iroq ssenariy”ga ko‘chishi mumkin.
“Vakuum sharoitida IShID paydo bo‘ldi. Ko‘plar IShID haqida gapiradi, lekin, afsuski, IShID shakllangan ildizlarni ko‘plar topa olgani yo‘q”, – ta'kidlab o‘tdi O‘zbekiston yetakchisi.
IShID haqida gapirar ekan, Islom Karimov BMTga ushbu tashkilotni o‘rganuvchi komissiya tuzishni taklif qildi:
“Agar bu mavzuni yanada rivojlantirsak, menimcha, BMT qoshida qandaydir maxsus komissiya yaratish xalaqit bermagan bo‘lardi. Fikrimcha, bu komissiya biror taklif bildirishi va uni muhokamaga qo‘yishi, bu borada yagona fikrni shakllantirishi mumkin bo‘lar edi. IShID nima, unga qanday qarash, unga qarshi qanday kurashish kabi masalalarda yagona fikr bo‘lar edi”.
“Islom fanatizmi va xalqaro terrorizm haqida, va faqat musulmonlar terrorchi bo‘la oladi, kabi gaplar qancha kam gapirilsa, buning ayrim belgilarini Yevropada ko‘rayapmiz, shunchalik musulmon dunyosining eng fanatik qanotiga aloqador odamlar bilan shunchalik tez til topishamiz va yagona fikrga kelamiz... An'anaviy islomni qo‘llab-quvvatlab, fanatizmdan voz kechish kerak, va BMT bu yo‘nalishni e'lon qilishi lozim. Islom – xalqaro din. Islomga qarshi kurashishni nonsens deb hisoblayman... Bunga jiddiy e'tibor qaratish kerak. Afsuski, hozircha biz bu masalada olg‘a siljiy olmadik”, – xulosa qildi Islom Karimov.

Top