12:23 / 10.07.2015
14701

Islom Karimov: pozitsiyalarning mos kelmasligi O‘zbekiston va Rossiyani ayira olmaydi

O‘zbekiston va Rossiyaning ayrim masalalar bo‘yicha pozitsiyalarining mos kelmasligi ko‘plab rishtalar bilan o‘zaro bog‘langan ikki davlatni ayira olmaydi. Bu haqda O‘zbekiston prezidenti Islom Karimov rossiyalik hamkasbi Vladimir Putin bilan uchrashuv chog‘ida aytib o‘tdi.

“Jahonda turli jarayonlar bormoqda, va agar kimlarningdir alohida masalalar bo‘yicha pozitsiyalari mos kelmasa, jurnalistlar va umuman matbuot olami, televizion olam bu kichik bahslarni absurd darajaga yetkazishga harakat qiladi. Agar u teskari tomon vakili bo‘lsa, shu darajaga olib borishadi, u bir tomonda, unisi esa boshqasida ekanligini barcha bilsin deydi. Men bunga mutlaqo qarshiman. O‘zbekiston bunday tushunchalarga mos kelmaydi”, – uning so‘zlarini keltiradi RIA Novosti agentligi.
O‘zbekiston yetakchisi “bunday ish bo‘lmagan, yo‘q va bo‘lmaydi”, deb ta'kidlab o‘tdi. U O‘zbekiston va Rossiyani birlashtirgan sinov va qiyinchiliklar ularning kelajagini ham umumiy qilganini ta'kidlab o‘tdi.

Top