18:24 / 10.07.2015
2860

Navoz Sharif: Pokistonning ShHTga qabul qilinishi Afg‘onistondagi vaziyatni yaxshilashga yordam beradi

Pokistonning Shanxay hamkorlik tashkiloti tarkibiga qabul qilinishi Afg‘oniston ichida tinchlik o‘rnatish jarayoniga foyda keltiradi, deb hisoblaydi mamlakat bosh vaziri Navoz Sharif.
Uning so‘zlariga qaraganda, Pokiston va Hindiston tomonidan ShHTga kirish jarayonining boshlab yuborilishi bu xalqaro tashkilot tarixining burilish pallasi bo‘ladi:
“ShHTning kengayishi butun Yevrosiyo mintaqasida geosiyosiy landshaftni keskin o‘zgartirib yuboradi, bu Pokistonda mavjud quruqlik va dengiz yo‘llari yordamida ShHT davlatlarini Arabiston yarim orolining iqtisodiy va siyosiy salohiyati bilan bog‘lashga yordam beradi”.

Top