17:22 / 10.07.2015
8464

O‘zbekiston prezidenti ShHTni blokka aylantirish mumkin emasligini ta'kidlab o‘tdi

O‘zbekiston prezidenti Islom Karimov Shanxay hamkorlik tashkilotining noblok xarakterini saqlab qolish tarafdori ekanligini ma'lum qildi.
Ufada o‘tayotgan ShHT sammiti kengaytirilgan yig‘ilishida qilgan chiqishida u tashkilot hujjatlarida qayd qilingan kursni saqlab qolish va mustahkamlash zarurligini, bu ShHT faoliyatining boshqa davlatlarga qarshi qaratilmaganligini ta'minlashini qayd qilib o‘tdi.
“Sodda qilib aytganda, har qanday blok tafakkurini, ShHTni harbiy-siyosiy alyansga aylantirish haqidagi fikrlarni hisobdan chiqarish, o‘z vaqtida tashkilotning yaratilishiga omil bo‘lgan prinsip va maqsadlarga sodiqligimizni saqlash va mustahkamlashdir”, – uning so‘zlarini keltiradi TASS agentligi.

Top