16:21 / 10.07.2015
2814

Qirg‘iziston ShHT taraqqiyot banki yaratilishini tezlashtirishga chaqirdi

Qirg‘iziston Shanxay hamkorlik tashkilotining moliyaviy institutlari, shu jumladan, taraqqiyot bankining yaratilish jarayonini tezlashtirish tarafdori. Bu haqda mamlakat prezidenti Almazbek Atambayev Ufada bo‘lib o‘tayotgan ShHT sammitidagi chiqishida ma'lum qildi.
“Biz kelishuvlarimizni tezlik bilan amaliyotga ko‘chirishga chaqiramiz. Bu yo‘nalishda eng dolzarb va birlamchi vazifa deb ShHTning loyihaviy faoliyatni va iqtisodiy hamkorlik dasturlarini moliyaviy qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan moliyaviy institutini yaratishni ko‘rmoqdamiz”, – uning so‘zlarini keltiradi TASS agentligi.
Atambayev barcha rahbarlarga o‘z hukumatlariga ShHT taraqqiyot banki va jamg‘armasi loyihasini qayta ishlab chiqib, darhol amalga oshirishga ko‘rsatma berishni tavsiya qildi.

Top