18:21 / 10.07.2015
5387

ShHT koinotda qurol joylashtirishiga qarshi chiqdi

ShHT davlatlari Ufa sammiti yakunlariga ko‘ra qabul qilgan deklaratsiyada koinotda qurol-yarog‘ joylashtirishga yo‘l qo‘yilmasligi belgilandi. Bu haqda RIA Novosti agentligi xabar bermoqda.
“A'zo davlatlar barcha uchun teng xavfsizlikni ta'minlash va global barqarorlikni qo‘llab-quvvatlash uchun koinotni harbiylashtirishning oldini olish zarurligini ta'kidlaydi”, – deyiladi hujjatda.
Bundan tashqari, tashkilot yana bitta deklaratsiyani qabul qilib, unda aksilraketa tizimining o‘stirilishi jahon xavfsizligiga tahdid solishi mumkinligini ta'kidlab o‘tdi:
“A'zo davlatlar ayrim davlatlar yoki bir guruh davlatlar tomonidan bir tomonlama va cheklanmagan miqdorda aksilraketa mudofaa tizimining o‘stirilishi xalqaro xavfsizlikka zarar yetkazishi va vaziyatni beqarorlashtirishini ta'kidlaydi”.

Top