08:14 / 10.07.2015
6288

Ufa shahri aholisi vakillari ShHT va BRIKS sammitlari paytida ta'tilga jo‘natib yuborildi

Ufa shahri rahbariyati BRIKS va ShHT sammitlari o‘tkazilishi vaqtida ushbu tashkilotlarga a'zo davlatlar yetakchilari shaharga kelishlaridan oldin shaharda kamroq odam bo‘lishi maqsadida shahar aholisini ta'tilga jo‘natdi.

Boshqirdiston mehnat va ijtimoiy muhofaza vaziri Lenara Ivanova mahalliy aholiga imkoniyatga qarab ta'til olish tavsiya qilinganini tasdiqladi. “Biz ushbu vaqtni o‘zining qandaydir ishlariga sarflashga imkoni borlarga ta'til olishni taklif qildik. Majburlamadik, buni yaxshi anglamoq kerak, balki taklif qildik” deb aytmoqda Ivanova va kimdir ish haqi saqlanadigan ta'tilga, kimdir ma'muriy ta'tilga va yana kimdir otgul olganini qo‘shimcha qilib o‘tdi.

“Rossiyskaya slujb novostey” muxbirining xabar berishicha, Ufada shaharda odamlarning kamayib qolganini binolardagi oynalardan bilsa bo‘ladi: sammit a'zolari yig‘ilish o‘tkazadigan Kongress-xoll binosi to‘g‘risidagi uyda kechasi chiroq yoqilmayotgani kuzatilgan. “Yandeks. Probki” xizmatining ma'lumotlariga ko‘ra, sammit o‘tkaziladigan kunlar Ufa ko‘chalarida transport oqimi uch barobarga kamaygan.

8 iyul kuni Ufada birvarakayiga ikkita sammit – ShHT va BRIKS sammitlari boshlandi. Ikkala tadbir ham 10 iyulgacha davom etadi.

Top