18:03 / 10.07.2015
1977

Xakerlar AQShdagi 19,7 mln nafar davlat ishchilarining ma'lumotlarini o‘g‘irlagani ma'lum bo‘ldi

Turli idoralarning kompyuter tizimlariga uyushtirilgan xakerlik hujumlari sabab Amerikaning 19,7 million davlat ishchilari ma'lumotlari o‘g‘rilangan. Bu haqda The Wall Street Journal nashri xabar tarqatmoqda.

Oldinroq, AQShdagi kiberhujumlar natijasida zarar ko‘rganlar soni 4 million kishi ekani xabar qilingandi. Xakerlar ma'lumotlarning barchasini, hattoki ko‘zining rangi, alkogol va tamaki mahsulotlarini chekishi yoki chekmasligi bo‘yicha ham ma'lumotlarni o‘g‘rilashgan.

Davlat xizmatchilarining jabrlanganlari sonini ortishiga ularning odatiy oilasi haqida ma'lumotlar yozilgan anketalarning shifrlanmagan holda saqlanishi sabablardan biri sifatida ko‘rsatilmoqda.

Top