17:33 / 10.07.2015
3410

Xitoy viza tizimini osonlashtirish bo‘yicha ShHT davlatlari bilan muzokara o‘tkazishga tayyor

Xitoy viza tizimini osonlashtirish bo‘yicha ShHT davlatlari bilan hamkorlik qilishga tayyorligini bildirdi.

Bu haqda ShHT kengashining kengaytirilgan yig‘ilishi vaqtida Xitoy rahbari Si Tszinpin ma'lum qilgan.

"Biz tashkilot doirasida tibbiyot sohasi, mehnat qilish huquqini berish hamda viza tizimi sohalarida hamkorlik qilishga tayyormiz", deydi Xitoy rahbari.

Qayd qilinishicha, Xitoy ShHT ishlarida Belarus, Ozarboyjon, Armaniston, Kamboja va Nepal davlatlarining ishtirokini ma'qullaydi.

Top